"Barselona" 17 yoshli hujumchini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 18:45
"Barselona" "Leyptsig" hujumchisi Nikolas Kyunga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubidagilarning fikricha, 17 yoshli futbolchi katta istiqbolga ega. Ma'lumotalra ko'ra, ispan grandi va nemis klubi o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda.

"Leyptsig"dagilar Kyunga katta umid bildirishayotgandi va xatto kelasi mavsum uni asosiy jamoada maydonga tushirishmoqchi edi.

Kyun va "Leyptsig" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1