"Barsa" vice-prezidenti: "Xavi biz kutayotgan sovrinlarni olib beradi"

Administrator
2 noya 2022, 00:59
Klubda bosh murabbiyga to'liq ishonishmoqda.

"Barselona" vice-prezidenti Rafa Yuste klub bosh murabbiyi Xavi haqida fikr bildirib o'tdi.

"Xavi - shu klubda katta bo'lgan, ajoyib murabbiy. U "Barselona" futbolchisi bo'lish nimaligini juda yaxshi biladi. Xavida bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan tarkib bor. Ishonchim komilki, Xavi biz kutayotgan sovrinlarni olib beradi. Biz g'alabalar va sovrinlar uchun kurashamiz. "Barselona" - har doim g'alaba qozonishni istovchi klub", -deydi Rafa Yuste.

Eslatib o'tamiz, Xavi "Barselona" bilan YCHLda omadsizlikka uchrab, Yevropa Ligasiga tushib ketishi aniq bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS