Bahodir Nasimov jamoasi durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2014, 10:49
Eron pro-ligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Padideh" klubi 16-turda safarda "Fulad" klubiga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

"Padideh" ayni paytda 19 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 6 dekabr kuni "Hafzi kubogi" yarim finali doirasida "Naft"ga qarshi o'tkazadi.

Eron chempionati
"Fulad" - "Padideh" 2:2
Gollar:
M.Yusufi 9, 50 - G'aribi 8, Nasehi 80.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia