Azarning Uelsga qarshi o'ynashi so'roq ostida

30 iyun 2016, 03:46
Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar Yevropa chempionati chorak final doirasidagi Uelsga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.


Eden Azar Vengriyaga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Shundan so'ng futbolchi Belgiyaning hech bir mashg'ulotlarida ishtirok etgani yo'q.

Mark Vilmots ham jamoa sardorining Uels bilan bo'ladigan o'yinda ishtirok etishi borasida aniq bir gapni ayta olgani yo'q. Belgiya terma jamoasi shifokorlari uning safga qaytishi uchun harakat qilishmoqda. Ammo Azarning Uelsga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.

Yevropa chempionatining chorak final doirasidagi Belgiya - Uels bellashuvi 1 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole