Azar: "LaLigada o'ynashni orzu qilaman"

Mirjalol Normatov
30 sen 2018
"Chelsi" hujumchisi Eden Azar yozda "Real"ga o'tmoqchi bo'lganini tan oldi.

"JCHdan keyin jamoadan kyetishni istaganim rost. Chunki LaLigada o'ynashni orzu qilaman. Biroq bosh murabbiy va rahbariyat bilan gaplashib, qolishga qaror qildim. Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin uning faoliyati menga yoqa boshladi. "Chelsi"da faoliyatimni davom ettirayotganimdan xursandman, ammo kyetishim mumkinligini ham inkor qilmayman. Jamoadoshlarim meni yaxshi ko'rishadi. Shu boisdan qolishga qaror qilish oson bo'ldi", - dedi Azar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal