Azar - "Barselona"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2018, 12:01
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini LaLigada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik Kataloniya klubining yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Ko'k-anorranglilar "Atletiko"dan Antuan Grizmanni xarid qila olmaganidan so'ng, bor e'tiborni Azarga qaratishdi. "Barselona" xavbekning transferiga pozitiv qaraydi, chunki rahbariyatning fikricha, futbolchining moliyaviy shartlarini qabul qilsa bo'ladi. Azarning o'zi "Chelsi"dan ketish niyatida.

Ushbu transfyerda "Chelsi" muammo keltirib chiqarishi mumkin. Londonliklar futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Belgiyalik uchun yana bir da'vogar "Real". "Qaymoqranglilar" ayni damda PSJdan Neymar yoki Kilian Mbappeni xarid qilish ustida ishlashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es