Azamat Isroilov “So'g'diyona”ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2018, 09:06
So'nggi yillarni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazib kelgan Azamat Isroilov jamoa bilan xayrlashdi.

Futbolchining saytimizga ma'lum qilishicha, “So'g'diyona” bosh murabbiyi Sergey Lushan jamoani tark etadigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qilgan. Unda Isroilov ham o'rin olgan. Shu bois 27 yoshli futbolchi endi o'ziga yangi jamoa topadi. Azamatga hozirda PRO-Liga vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo futbolchi hozircha aniq bir to'xtamga kelib ulgurmadi. Isroilovning aytishicha, kelasi hafta u yangi jamoasi safiga qo'shiladi. Aynan qaysi klub bilan kelishuvga erishganini hozircha aniq aytmadi.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia