Ayollar futzali: 14-chempionatda beshta jamoa qatnashadi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018, 11:43
Ertaga, poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi mamlakat chempionatiga start beriladi.

14-bor o'tkazilayotgan musobaqada beshta jamoa g'oliblik uchun kurashadigan bo'ldi. Bular – “Sevinch” (Qarshi), “Metallurg” (Bekobod), “Lokomotiv” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) hamda “Paxtakor” (Toshkent). Aslida ishtirokchilar soni 7-8tani tashkil etishi kutilgandi, biroq so'nggi pallalarda “Buxoro” va “Sho'rtan” jamoalari turnirda qatnashmasliklarini ma'lum qilishdi.

Uchrashuvlar taqvimi:

15 fevral
09.00          “Sevinch” – “Paxtakor”
10.30          “Metallurg” – AGMK
“Lokomotiv” jamoasi dam oladi.

16 fevral
09.00          “Lokomotiv” – “Metallurg”
10.30          AGMK – “Sevinch”
“Paxtakor” jamoasi dam oladi.

17 fevral
09.00          “Lokomotiv” – “Sevinch”
10.30          “Paxtakor” – AGMK
“Metallurg” jamoasi dam oladi.

18 fevral

10.30          “Metallurg” – “Sevinch”
12.00          “Lokomotiv” – “Paxtakor”
AGMK jamoasi dam oladi.

19 fevral
10.30          “Metallurg” – “Paxtakor”
12.00          “Lokomotiv” – AGMK
“Sevinch” jamoasi dam oladi.

Eslatib o'tamiz, ayollar o'rtasidagi futzal chempionatining oldingi 13 mavsumining barcha bosh sovrinlari “Sevinch” jamoasiga nasib etgan.

Mazkur chempionat o'yinlari shu yilning 2-12 may kunlari Tailand poytaxti Bangkokda o'tadigan ayollar futzali bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishi rejalashtirilgan terma jamoamizga nomzodlar tanlab olish imkoniyatini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Tartib bo'yicha ikkinchi bor tashkillashtirilayotgan qita chempionatida ayollar terma jamoamizning sovrinli o'rinlardan joy olishiga e'tibor qaratilmoqda. 2015 yili Malayziyada bo'lib o'tgan ilk Osiyo chempionatida Avaz Maqsumov ustozligidagi terma jamoamiz guruhdan chiqa olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz