Avval Ronaldu, endi Zidanmi?

Omonjon To`xtamirzayev
17 avg 2017, 00:51
La Liga hakamlar texnik komiteti Zidanning mamlakat Superkubogi doirasida "Barselona"ga qarshi bahsdan so'ng aytilgan so'zlarini ko'rib chiqmoqda.

La Liga hakamlar texnik komiteti Zidanning mamlakat  Superkubogi doirasida "Barselona"ga qarshi bahsda Ronalduga ko'rsatilgan qizil va diskvalifikaciya to'g'risidagi so'zlarini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

1998 yilgi Jahon Chempionati g'olibi portugaliyalikning 5 o'yinga diskvalifikaciya qilingani haqida to'xtalarkan: "Bunday tushunarsiz qarorlarni ko'rar ekansiz, beixtiyor, bu yerda boshqa bir gap borligi haqida o'ylab qolasiz".
 
Agar komitet Zidanni aybdor deb topsa, francuz 4tadan 10ta o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia