"Atletiko" Rakitich bilan muzokara o'tkazdi

4 mar 2020, 02:59
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich katalon klubini tark etishga yaqin turibdi.

Mahalliy "Marca" nashri xabariga ko'ra, "Atletiko" mutasaddilari Rakitich bilan yozda shartnoma imzolash borasida muzokara o'tkazgan. 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi Ispaniyada qolishni xohlamoqda, shu tufayli madrid jamoasi unga bitim taklif qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi Ispaniya primerosining joriy mavsumida 20ta o'yinda maydonga tushgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca