"Atletiko" prezidenti: "Grizmanni qaytarishni xohlardim"

Alisher
19 may 2021, 13:18
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann haqida gapirdi.

Francuz 2014-2019 yillar davomida Madrid klubi sharafini himoya qilgan va shundan so'ng "Barselona"ga o'tgan edi.

"Grizmann? Bu men qaytarishni xohlagan buyuk futbolchi. Ammo, "Barselona" u bilan xayrlashishni xohlamoqda deb o'ylamayman. Bunday o'yinchini har qanday jamoa o'z tarkibida ko'rishni xohlaydi", - deydi Sereso.

Antuan Grizmann 2020/21 yilgi mavsum "Barselona" safida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SER