

Yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar yaqin orada ingliz jamoasi bilan shartnoma uzaytirilmasa, futbolchi klubni tark etishi mumkin.
Nashrning yozishicha, “Atletiko” 32 yoshli yarim himoyachiga asosiy da'vogarlar qatorida turibdi. Madrid klubi sport direktori Andrea Berta jamoa Gyundoganni sotib olmoqchi ekanligini ta'kidladi.
Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.



