"Atletiko" futbolchisi: "Messiga qarshi hech nima qila olmaysan"

Tolibjon Qosimov
2 dek 2019, 15:16
"Atletiko" yarim himoyachisi Ektor Errera LaLiga 15-turi doirasida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik va ko'plab vaziyatlar yaratdik, umuman boshqa natija uchun to'p tepgandik. Lekin, "Barselona" dunyoning eng yaxshi futbolchisi fonidagi ustunlikdan foydalandi. Messi natija qildi. Bunday darajadagi o'yinchiga qarshi hech narsa qila olmaysan.

Biz jamoada LaLiga chempionlik sovrini haqida gapirmayapmiz. Aminman, natija keladi", - dedi Errera.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com