“Atalanta” ustozi: “Miranchuk – qoyilmaqom o'yinchi”

Eldor Akmurzayev
8 noya 2020, 22:15
Italiya chempionati doirasida o'tgan “Atalanta” – “Inter” (1:1) bahsidan keyin bergamoliklar ustozi Jan Pero Gasperini hujumchi Aleksey Miranchuk haqida gapirdi.

U zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi.

“Miranchuk – qoyilmaqom o'yinchi. U to'p bilan ko'p ham muomala qilishga ulgurmadi, ammo juda muhim ikkita golni urishga erishdi: biri Chempionlar Ligasida, ikkinchisi A Seriyada”, deydi Gasperini.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports