"Atalanta" "Shaxtyor" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

14 avg 2020, 20:30
Doneckning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Tayson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida La Gazzetta Dello Sport nashri ma'lum qildi.

Bergamoning "Atalanta"si 32 yoshli braziliyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Ukrainaliklar ushbu transfyerdan 10 mln evro daromad qilishlari mumkin.

Tayson "Shaxtyor" safiga 2013 yilda Xarkovning "Metallist" jamoasidan kelib qo'shilgan edi. Xavbek hozirga qadar doneckliklar uchun 274 o'yinda 53 ta gol urib, 77 golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport