"Aston Villa" "Chelsi" xavbeki transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2024, 17:50
Klublar Konor Gallaxer borasida muzokaralarni boshlab yubordi.

Birmingemning "Aston Villa" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer transferiga qiziqmoqda, deya xabar berdi "The Guardian".

Xabar qilinishicha, klublar allaqachon muzokaralarni boshlashgan. "Villanlar" bosh murabbiyi Unai Emeri 24 yoshli Gallaxerni shaxsan jamoada ko'rmoqchi. Xavbekning o'zi klubini tark etishga shoshilmayapti, lekin takliflarni tinglashga tayyor. "Chelsi" hali u bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. "Aston Villa" kelishuvga 20 yoshli hujumchi Jon Dyuranni ham qo'shishi mumkin.

Konor Gallaxer joriy mavsum "Chelsi" safida 50 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian