Asror Aliqulov “Sho'rtan” yoshlari jamoasini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2017, 09:40
Tajribali futbolchi Asror Aliqulov o'tgan yildan futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan xabaringiz bor.

Endi Aliqulov yangi mavsumdan “Sho'rtan” klubining yoshlar jamoasiga ustozlik qiladi.

15 yanvardan “Sho'rtan” yoshlari jamoasi G'uzordagi qarorgohida yig'ilishdi va dastlabki yig'in mashg'ulotlarini boshlab yuborishdi.

O'tgan mavsum yoshlar jamoasini boshqargan murabbiy Baxodir Shoymardanov  endilikda Aliqulovga  yordam beradi.

Faxriddin Choriev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz