

"Yozda oldimda qulay takliflar bor edi. Nafaqat maosh, balki, shartnoma muddati ham menga yoqqandi. Ammo bu yerdan shunchaki kyetib bo'lmaydi. 10 yildan buyon ushbu jamoa tarkibida o'ynayapman va muxlislar bilan ajoyib munosabatdamiz. Undan tashqari, jamoada qiyin davr edi. Bunday paytda jamoadan kyetishni istamadim", - dedi Aspilikueta.
33 yoshli fulbek yozda "Barselona"ga o'tishga yaqin turgandi. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 25 o'yinda ishtirok etdi.



