Asker Najafaliev Indoneziya Superligasida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2025, 11:31
O'zbekistonlik hakam Asker Najafaliev Indoneziya Superligasi tomonidan tur uchrashuvlarini boshqarish uchun rasmiy taklif oldi.

U “Arema” - “Persib Bandung” hamda “Bhayangkara” - “Malut United” jamoalari o'rtasidagi bahslarda bosh hakam sifatida ishlaydi.

Bundan tashqari Najafaliev 2027 yil Osiyo Kubogi saralash bahslarida ham faoliyat olib boradi.

9 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Turkmaniston – Shri-Lanka uchrashuvida Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi:

Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Akobitxo'ja Shukurullaev

9 oktyabr kuni o'tkaziladigan Tojikiston – Maldiv orollari uchrashuvida esa tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko inspektor sifatida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uzfhm.uz