As: Peres Zidan borasida qaror qabul qildi

Narzulla Saydullayev
6 may 2016, 08:21
Real prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni keyingi mavsumda ham o'z lavozimida qoldirmoqchi, deb xabar bermoqda As nashri.

Florentino bir necha hafta oldin qarorni qabul qilib bo'lgandi. YCHL finaliga chiqish hech nimani o'zgartirgani yo'q, – deydi Madrid klubi prezidentiga yaqin manba.

Peresga fransiyalik murabbiy yaratgan ajoyib muhit maqul kelmoqda.

Zidan Atletikodan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qiyin bo'ldi. Ammo Peresni murabbiyning kuchli xarakteri o'ziga jalb qildi, – deydi manba.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com