

Italiyani biroz sog'inaman. Bu yerda ajoyib 4 yilni o'tkazdim. Hozir oilam Myunxenda baxtli. Bavariya - orzu qilish mumkin bo'lgan barchasi. Anchelotti - g'aroyib murabbiy, dunyodagi eng kuchlilaridan biri.
Yuventus? Juda kuchaydi. Ular ajoyib futbolchilarni o'z saflariga qo'shib olishdi. Turin klubi YCHL g'olibligi uchun kurashishiga shubham yo'q.
Ammo Bavariya - dunyodagi eng kuchli klub, men o'ynagan Yuvedan ham kuchliroq. Shu sababli ham biz har bir sovrinni yutmoqchimiz, - deydi Vidal.



