Artur Gevorkyan - 2014 yilgi mavsum to'purari!

Narzulla Saydullayev
7 noya 2014, 16:26
2014 yilgi oliy liga o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan mavsum to'purariga aylandi. Turkmanistonlik yarim himoyachi bu yil oliy ligada jami 18ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Keyingi o'rinlarni 14tadan gol urgan "Navbahor" hujumchisi Shahboz Erkinov va "Mashal" vakili Zohir Qo'ziboev band etishdi.

Ma'lumot uchun, Gevorkyan oliy ligada to'purar bo'lgan to'rtinchi xorijlik futbolchiga aylandi. 2009 yil braziliyalik Rivaldo, 2011 yil serbiyalik Milosh Trifunovich, 2013 yil ukrainalik Oleksandr Pishur O'zbekiston chempionatida to'purar bo'lishgandi. E'tiborlisi, uchala futbolchi ham "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia