Arteta Smit-Rouning "Arsenal"da qolishini aytdi

Alisher
14 iyul 2021
"Arsenal" yarim himoyachisi Emil Smit-Rou yozda London klubidan kyetmaydi.

"Emil Smit-Rou shubhasiz "Arsenal"da qoladi. Bu 100%", - deydi Arteta.

20 yoshli futbolchining "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Ammo, manbaning xabariga ko'ra, Smit-Rou "Arsenal" bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytiradi.

Smit-Rou o'tgan mavsum "to'pchilar" tarkibida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano