"Arsenal"ning yozgi transfer maqsadlari aniq

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023
Ro'yxatda 3 nafar futbolchi bor.

"Arsenal" Chempionlar Ligasiga chiqqanidan keyin tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu haqda "The Telegraph" xabar bermoqda.

London klubi qiziqishlari doirasiga yarim himoyachilar Deklan Rays ("Vest Xem"), Moyzes Kaysedo ("Brayton") va Meyson Maunt ("Chelsi") kirgan.

Shu bilan birga, hujumchi Folarin Balogun, yarim himoyachi Ensli Meytlend-Naylz , vinger Ris Nelson va himoyachi Kiran Tirni "kanonirlar"ni tark etishi mumkin.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph