Arsenal yanvar oyida Runini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 19:05
Arsenal Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runini yanvar oyida sotib olmoqchi.
London klubiga 27 yoshli futbolchi hamon Yunayteddan ketmoqchi ekani yetib kelgan.

Runi MYU bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borishni rad qildi.

Eslatib o'tamiz, yozda Runiga Chelsi da'vogarlik qilgandi.

Arsenal ijrochi direktori Ivan Gazidisning so'zlariga ko'ra, klubda Runini sotib olishga va uning maoshini ko'tarishga pul bor. Keyingi ikki 2 transfer oynasi uchun kanonirlar 80 million funt ishlatishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru