"Arsenal" Milner uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2014, 08:47
"Manchester Siti" futbolchisi Jeyms Milner faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Londonliklar 28 yoshli futbolchi uchun kurashda Liverpul, Tottenxem va Everton kabi jamoalarni ortda qoldirmoqchi.

The Guardian ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" Milner uchun 10 million evro to'lashga tayyorlar.

Milnerning o'zi "Siti"ni tark etishni istamoqda.

Manchesterliklar esa futbolchi bilan hayrlashishni istashmayapti va unga har tomonlama qulay bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqdalar.

Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchi kelasi yili erkin agentga aylanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru