"Arsenal" Lyakazettga Bundesligadan o'rinbosar topdi

Alisher
4 mar 2021, 16:05
Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi hujumchisi Andre Silva faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" Aleksandr Lyakazettga o'rinbosar izlashmoqda.

Oldinroq fransiyalik hujumchining yozgi transfer oynasida London klubidan ketishga qaror qilgani ma'lum bo'lgan edi.

Silva joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol (6tasi penaltidan) va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Transfermarktweb