Arsen Venger: "Real" bilan Morata borasida gaplashganim yo'q"

Tolibjon Qosimov
3 dek 2013, 15:35
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Real" hujumchisi Alvaro Morataning London klubiga o'tishi borasidagi xabarlarni rad etdi.
"Bu xabarlar mish-mishdan boshqasi emas. Men bu futbolchi borasida "Real" bilan gaplashganim yo'q", – deydi Venger.

Fransiyalik murabbiy klub "Korintians" hujumchisi Aleshandre Patoga qiziqayotgani haqidagi xabarlarni ham rad etdi.

Oldinroq Morata qishda "Arsenal"ga ijara asosida o'tishi borasida xabarlar chiqqandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru