Arda Turan: "Guruhda birinchi o'rinni egallash juda muhim"

Tolibjon Qosimov
23 okt 2013
"Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turan "Austriya"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:0) jamoaning Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi maqsadi haqida gapirib o'tdi.
"O'yin qiyin kechdi. Chunki "Austriya" haqiqatdan ham kuchli jamoa. Ular asosan himoya haqida o'ylashdi. Qaerlari bilandir bu jamoa "Atletiko"ga o'xshab ketadi. Ikkita gol urib olganimizdan keyin o'yin oson kechdi".

"Bizga bu uch ochko juda ham zarur edi. Chunki guruhda birinchi o'rinni egallash juda muhim", dedi futbolchi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru