Arbeloa umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Aziz Tukhtamuradov
2 may 2014, 08:37
"Real" himoyachisi Alvaro Arbeloa jarohatidan qutuldi va 36-turda "Valensiya"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi kecha umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilgan.

Eslatib o'tamiz, Arbeloa "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda tizzasidan jarohat olgan va 2-martdan beri maydonga tusha olmayotgandi.

Real – Valensiya uchrashuvi 4-may kuni bo'lib o'tadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru