Aransubia "Deportivo"dan "Atletiko"ga o'tdi
Narzulla Saydullayev
13 avg 2013, 17:34
"Deportivo" darvozaboni Daniel Aransubia "Atletiko"ga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda La-Korunya klubi rasmiy sayti.
Tongda 33 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. O'tgan mavsumda darvozabon 35 ta o'yinda maydonga tushib 66 ta gol o'tkazib yuborgandi.