APLning uch klubi Marko Asensioga qiziqmoqda

Alisher
3 avg 2021, 07:28
Angliya chempionatining uch klubi "Real" hujumchisi Marko Asensio uchun da'vogarlik qilmoqda.

25 yoshli ispaniyalikka "Everton", "Lids" va "Lester" klublari qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Real" APLning barcha uch klubidan taklif ham olib bo'lgan.

Asensio 2020/21 yilgi mavsum "Real" safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes