APLning kamida 6 o'yini neytral stadionda bo'lib o'tadi

Mirjalol Normatov
29 may 2020, 20:45
Policiya iltimosiga ko'ra, APLning kamida 6 o'yini neytral stadionlarda o'tkaziladi, deb xabar beradi "The Sun".

Ushbu o'yinlar qatoriga ayrim katta bahslar, derbilar va asosiysi - "Liverpul"ga sovrin topshirilishi kutilayotgan o'yinlar. Bunday vaqtda jamoa muxlislari karantinga qaramasdan chempionlikni nishonlagani ko'chaga chiqib tartibsizlik qilishi aniq bo'ladi.

Demak, MYU – "Sheffild Yunayted", "Man Siti" – "Nyukasl", "Man Siti" – "Liverpul", "Nyukasl" – "Liverpul", "Everton" – "Liverpul" va asosiysi "Liverpul"ga topshiriladigan o'yin neytral stadionlarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun