APLda oxirgi 5 mavsumda kim jarimadan eng ko'p gol urgan?

Tolibjon Qosimov
16 avg 2017, 10:57
O'tgan dam olish kunlari dunyoning eng tomoshabop chempionati hisoblangan Angliya Premer-ligasida 1-tur bellashuvlari o'tkazildi.

Hozir esa 2011-2012 yilgi mavsumdan beri APLda jarimadan eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz. Unda "Suonsi" yetakchisi Gulfi Sigurdsson yetakchilik qilmoqda. Islandiyalik yarim himoyachi jami 7ta golni jarimadan urgan. Undan keyingi o'rinlarda bir yo'la to'rt nafar futbolchi oltitadan to'p kiritgan holda egallab turishibdi.

APLda 2011-2012 yildan beri jarimadan eng ko'p gol urganlar:

Gulfi Sigurdsson - 7ta
Ueyn Runi - 6
Kristian Eriksen - 6
Xuan Mata - 6
Robert Snodgrass - 6

Eslatib o'tamiz, bugun Sigurdsson "Everton"ga o'tishi haqida xabarlar chiqdi.




“Everton” Sigurdsonning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: squawka.com