APLda bunday hodisa 73 yilda ilk bor ro'y berdi

18 iyun 2020, 08:03
Bu hodisa “Manchester Siti”-“Arsenal” uchrashuvida kuzatildi.

“Shaharliklar” a'zosi Rahim Sterling “Arsenal” darvozasiga gol urib hisobni ochdi. Natijada Rahim so'nggi 73 yil ichida Angliya chempionatining oliy divizionida iyun oyida gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.

So'nggi bor iyun oyida Angliya chempionati yuqori divizionida gol urilish holati 1947 yilda sodir bo'lgandi. 14 iyunda “Sheffild Yunayted” a'zosi Valter Rikket “Stok Siti”ga gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta