APL. "Liverpul" 2019 yilni ko'tarinki kayfiyatda yakunladi

29 dek 2019, 23:30
APLning 20-turi doirasidagi "Liverpul" - "Vulverxempton" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Mazkur bahs taqdirini senegallik Sado Mane tomonidan 42-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari APLdagi 18-g'alabasini tantana qildi. Ortda qolgan 20 turdan keyin "Liverpul" eng yaqin taqibchisidan 13 ochko (+bir o'yin zahirasi) ilgarilab ketdi. 

Musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Liverpul – Vulverxempton 1:0

29 dekabr, 21.30, "Enfild"

Gol:

1:0 – 42 Mane.

Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum (Milner, 86), Lallana (Keyta, 67), Mane, Salax, Firmino (Origi, 86).

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Bennett, Kilmen, Ruben Vinagre, Dendonker (Traore, 58), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Saiss, 58), Koudi, Diogu Jota (Ximenes, 72).

Ogohlantirish:

Lallana (45).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia