APL. "Liverpul" bugun "Enfild"da "Kristal Pelas"ni qabul qiladi (prevyu)

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2020, 23:12
Angliya chempionatida 31-tur o'yinlari davom etmoqda.

O'z maydonida raqiblarini ayab o'tirmaydigan "Liverpul" ketma-ket 4 o'yinda zafar quchgan "Kristal Pelas" bilan o'ynaydi. 

25.06 00:15 (Toshkent vaqti) “Liverpul” – “Kristal Pelas”

"Liverpul" 30-turda "Everton" bilan durang(0:0) o'ynadi va hali chempionlikni rasmiylashtirmagan.  

"Kristal Pelas" esa o'tgan turda "Bornmut"ni yutgan (2:1). Jamoa ketma-ket 4 o'yinda g'alaba qozondi.

Tarkiblar bo'yicha

Jeyms Milner Mersisayd derbisida olgan jarohati tufayli "Kristal Pelas" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Yurgen Klopp Robertsonning xixmatlaridan foydalanishni intiqlik bilan kutmoqda. 

Markaziy himoyachi Joel Matipning ishtirok etishi so'roq ostida. Markazda Jo Gomes van Deyk bilan tandem bo'lib o'ynashi ehtimoli yuqori. 

Saloh "Everton"ga qarshi o'ynashi kutilmoqda.  Umuman olganda, biz bugun o'sha mashhur trio (Mane-Saloh-Firmino)ni yashil maydonda ko'rishimiz mumkin. 

11 talik uchun Keyta va Veynaldum o'zaro kurash olib borishadi. 

"Kristal Pelas"da himoyachiilar Tomkins, Kelli va Shlupp jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuborishadi. 

Yarim himoyachilar Makkarti va Mayer o'z imkoniyatlarini kutishyapti.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Liverpul” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“K. Pelas” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

55 ta

30 (55%)

9:0

11 (20%)

3:1

14 (25%)


O'yinga oid faktlar:

- "Liverpul" so'nggi 22 uy o'yinida zafar quchgan (Premer-liga).

- "Liverpul" oxirgi 22 uy bahsidan 21 tasida kamida 2 ta gol urgan (Premer-liga).

- "Liverpul" "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 6 uchrashuvida faqat g'alaba qozongan (barcha musobaqalar). 

- "Kristal Pelas" oxirgi 4 o'yinda gol o'tkazib yubormagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Liverpul" (4-3-3): Alisson - Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson - Xenderson, Fabino, Veynaldum - Saloh, Firmino, Mane 

"Kristal Pelas” (4-3-3): Guayta - Uord, Dann, Kexill, van Anxolt - Kuyate, Milivoevich, Makartur - Ayyu, Benteke, Zaxa 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Klayn, Milner, Shakiri ("Liverpul"), Tomkins, Kelli, Shlupp ("Kristal Pelas") 

So'roq ostida: Matip, Robertson, Saloh ("Liverpul")


Sherzod Nurmatov tayyorladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia