APL klublari "Barselona" o'yinchisini kuzatmoqda

Alisher
9 yanv 2020, 18:20
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti qishki transferlar oynasida Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, kataloniyalik o'yinchi uchun bo'ladigan takliflarni eshitishga tayyor.

Oldinroq, Umtiti APL doirasidagi "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yinni stadiondan kuzatib borgan edi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque