APL "Everton"ni yana ikki ochkodan mahrum qildi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2024, 19:00
"Irislar" uchun vaziyat yanada yomonlashdi.

"Everton" yana jazolandi. APL matbuot xizmati Mersisayd klubi yana ikki ochkoni yo'qotgani haqida xabar berdi. Sababi o'sha-o'sha – moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish.

Avvalroq jamoadan 10 ochko olib tashlangandi. Buning ustidan "Irislar" apellyaciya shikoyat qilgan va tekshiruv natijasida klubga 4 ochko qaytarib berilgandi.

"Everton" ayni paytda turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turda "Chelsi" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports