

"O'yin boshidan bahsga noto'g'ri yondoshuv bo'ldi. Oldimizda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Biz faqat qog'ozdagina ajoyib jamoamiz. Bu jamoaning muammosi, qaysidir futbolchining emas. O'yin o'xshamasa, bir futbolchi aybdor bo'lmaydi. Shuning uchun Kexillning xatosi haqida gapirmoqchi emasman. G'alabani ham, mag'lubiyatni ham butun jamoa qo'lga kiritadi. Uchta gol o'tkazib yuborish - fojea", - deydi "aristokratlar" ustozi.



