Anri AQSH klubini boshqarishi mumkin

17 apr 2019, 21:15
Fransiyalik mutaxassis Terri Anri MLSda ishtirok etuvchi Nyu-York Red Bullz jamoasiga murabbiy etib tayinlanishi mumkin.

Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, Amerika klubi rahbariyati allaqachon bu borada Anri bilan muzokaralarni boshlashgan. Mutaxassisning o'zi esa maydondagi kabi undan tashqarida ham jamoadagi vaziyatni o'nglashga yordami tegishiga ishonmoqda. Klubdagilar Anrining kelishi jamoaning ishlari yurishib ketishi va tijoriy daromadlarning ham oshishiga ham sabab bo'ladi, deya hisoblashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Anri 2010 yildan 2014 yilgacha ushbu jamoa tarkibida to'p tepgan. Ilgariroq u “Monako” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandi. 

“Nyu-York Red Bullz” joriy mavsumning oltita uchrashuvida atigi bitta g'alabaga erishid, MLSning sharqiyn konferenciyasida 9-pog'onani band etigan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports