Angliyada eng yosh bosh murabbiy tayinlandi, u 28 yoshda

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2023, 18:27
Angliyaning oltinchi ligasi vakili "Duvr Atletik" 28 yoshli Mitch Brandlni jamoa ustozi etib tayinladi.

Qizig'i, u Buyuk Britaniya futbolidagi eng yosh murabbiy sifatida tarixga kiradigan bo'ldi. Mitch Brandl sobiq "Tottenxem" murabbiyi Rayan Meyson tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladi. O'shanda Meyson "shporlar"ni 2020/21 yilgi mavsumning yakuniy 7 o'yinida murabbiylik qilgan edi.

Mitch vaqtinchalik boshqaruvda bo'lganidan so'ng "Duvr Atletik" bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Brandl yozda faoliyati davomida ikkinchi marta "Duvr"ga futbolchi sifatida qaytgan edi. U o'zi 2017 va 2019 yillar oralig'ida o'ynagan jamoasida bosh murabbiy lavozimini egalladi. Klub saytiga bergan intervyusida u quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"Menga bunday imkoniyat berilganidan boshim osmonga etdi. Men ushbu klubni yaxshi ko'raman va u uchun har doim maydonda, undan tashqarida ham borimni berganman. Futbol klubi men uchun juda muhim, bu yerda o'z izimni qoldirishni intiqlik bilan kutyapman".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star