Angliya Liga kubogi finalini boshqaradigan hakam ma'lum

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017
Angliya Liga kubogining hal qiluvchi final uchrashuvini boshqaradigan hakam nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, “MYU” - “Sautgempton” jamoalari o'rtasidagi final bahsini FIFA referisi Andre Marriner boshqaradi. Marrinerga qanotlarda Richard Uest va Styuart Bart yordam beradi. Zaxira hakami Kevin Frend.

Ma'lumot uchun, Angliya Liga kubogining final uchrashuvi 26 fevral, yakshanba kuni London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanishi rejalashtirilgan.


46 yoshli Marriner joriy mavsum APLda 18ta uchrashuvda hakamlik qildi. Bu o'yinlarda u futbolchilarga 67 marotaba sariq kartochka ko'rsatdi. Bir futbolchini maydondan chetlatib, 4ta penalti belgilagan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports