Anelka "Vest Bromvich" bilan shartnoma imzoladi

5 iyul 2013, 09:42
Fransiyalik hujumchi Nikolya Anelka Angliyaning "Vest Bromvich" klubi sharafini himoya qiladigan bo'ldi.
34 yoshli futbolchi klub bilan "1+1" sxemali shartnomaga imzo chekdi.

Ushbu futbolchi ilgani  "PSJ", "Arsenal", "Real", "Liverpul", "Manchester Siti", "Fenerbaxche", "Chelsi", "Bolton", "Shanxay Shenxua", "Yuventus" klublarida to'p surgan.

Fransiya terma jamoasi safida esa hujumchi 69 o'yinda maydonga tushib 14 golga mualliflik qilgan.

Manba: sports.ru