Andijon dushanba kuni yig'iladi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2016, 09:57
Nasafga Kubok uchrashuvidan so'ng jamoamiz a'zolari qisqa muddatli tatilga chiqqandi. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra 11 iyuldan yig'in boshlanadi.
Bu borada Chirchiq shahridagi qarorgoh tanlangan. U yerda ikki hafta davomida shug'ullaniladi. So'ng Qarshida Nasaf bilan Kubok doirasidan o'rin olgan javob uchrashuviga boriladi. Ushbu yig'in davomida 5-6ta sinov-nazorat o'yini tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Hozircha sparring-raqiblar nomi aniq emas.
Shuningdek jamoamiz safidagi o'zgarishlar muxlislarning diqqat markazida bo'lib turibdi. Ishqibozlarga shuni ma'lum qilamizki, hozircha Andijonni rasman Alisher Shog'ulomov va G'ulom O'runov tark etdi xolos. Albatta yig'in boshlangach yana bir qator e'tiborga molik o'zgarishlar ro'y beradi. Faqat bu haqda keyinroq xabar beramiz.

Darvoqe, birinchi davrani 3-o'rinda yakunlagan yoshlar jamoamiz ham yangi haftadan tayyorgarlikni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz