Anchelottining kelajagi "Barselona" bilan o'yinga bog'liq

Aslanov Jasurbek
9 mar 2015, 17:12
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelasi mavsumda jamoada qolishi "Barselona"ga qarshi bahs natijasiga bog'liq.
Xabarlarga ko'ra, agar "Qirollik klubi" Barselonadan uch ochko olib qaytmasa, Anchelotti "Real" prezidenti Florentino Peres ishonchini yo'qotadi.

Eslatib o'tamiz, bu ikki grand o'rtasidagi bahs 22 mart kuni bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinni Aleziya.com orqali jonli ravishda kuzatib borishingiz mumkin. Ispaniya chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olasiz.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com