Anchelotti Fergyusonning rekordiga yetib oldi

Mirjalol Normatov
7 okt 2022, 00:51
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHLda rekord qo'yishga yaqin.

Anchelotti YCHL doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda g'alabaga erishib, YCHLdagi muvaffaqiyatli uchrashuvlari sonini 102taga etkazib oldi. Shu orqali u "Manchester Yunayted"ning afsonaviy ustozi ser Aleks Fergyuson bilan tenglashdi.

Anchelotti rekordni YCHLning 4-turida "Shaxtyor"ga qarshi o'yindayoq buzib tashlashi mumkin. Unga eng yaqin taqibchi sifatida 96 g'alaba qayd etgan "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal