Ana bo'lmasa! Neymar Parijdagi yashash joyini o'zgartirdi

Tolibjon Qosimov
17 noya 2017
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar Parijdagi yashash joyini o'zgartirdi.

"Le Parisien" nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi avgust oyidan beri istiqomat qilib kelayotgan Bugival tumanidagi 5 qavatli villani tark etgan. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Neymar xavfsizlik nuqtayi-nazaridan shunday qarorga kelgan. Janubiy amerikalik agentining maslahatiga quloq solgan.

Takidlash joiz, oxirgi vaqtlarda PSJning ko'plab muxlislari villa hududiga kirishga urinishayotgan edi. Ulardan ayrimlari hatto baland devordan oshib o'tishga ham muvaffaq bo'lishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Le Parisien