Allegri ispan grandidan taklif kutmoqda

Eldor Akmurzayev
27 may 2019, 22:15
Yuventusdagi faoliyatiga yakun yasayotgan Massimiliano Allegri 2019/20 yilgi mavsumda ishlash niyatida emas.

Biroq, ushbu mutaxassisga Barselona tomonidan taklif tushadigan bo'lsa, Allegri uni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan. 

Qayd etilishicha, ko'k-anorranglilar ham uning nomzodini ko'rib chiqishga rozi. Kataloniyaliklar rahbariyatidagilar jamoaning hozirgi ustozi Ernesto Valverdening joriy mavsumdagi natijasidan norozi bo'lmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 51 yoshli Allegri 2014 yilda Milandan turinliklar boshqaruviga kelgandi. Shu vaqt oralig'ida u A Seriya chempionligini (5 marta), Italiya Kubogi (4) hamda Superkubogi (2) titullariga ega chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com