
- Juda ajoyib g'alaba! Aytish mumkinki, juda ham qadri baland g'alaba. “Al-Jaish” juda kuchli tarkibga ega. Lekin “Bunyodkor”ning jamaviy o'yini g'alabamiz omili bo'ldi. Yutishimizga ishonch bor edi. Chunki “Al-Jaish” Toshkentda bizdan ustun o'ynamasdan yutib ketgandi. “Bunyodkor”ning pley-offga chiqqan yoqimli ananasini davom ettirganimizdan xursandmiz. Bugungi yutuq kelajagimiz mustahkam ekanligidan dalolatdir. O'ylaymanki, navbatdagi uchrashuvlarda ham yaxshi natijalarga erisha olamiz, - deydi Alibobo Rahmatullaev.